Bugun
2
O'zbek

Venger: "Oltin to'p" yutgan 6 fransuzdan 5 nafari kelib chiqishi boshqa millatga borib taqaladi"

Futbol
6 iyul, 08:35
"Arsenal" sobiq ustozi Kroos bilan podkastda Fransiya futboli muvaffaqiyatining uch sababini aytdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Venger: "Oltin to'p" yutgan 6 fransuzdan 5 nafari kelib chiqishi boshqa millatga borib taqaladi"
Foto: Getty Images

"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Fransiya futbolining muvaffaqiyati sabablari haqida o'z fikrini bildirdi.

"Menimcha, bizning muvaffaqiyatimiz sifatli ta'lim, ko'plab mamlakatlarda yetarlicha e'tibor berilmaydigan iqtidorlarni aniqlash tizimi va Afrikadan kelgan muhojirlar bilan bog'liq.

Fransiya futboli tarixiga nazar tashlasangiz, uning rivojlanishi muhojirlik tarixi bilan chambarchas bog'liq.

Fransiyaning ilk "Oltin to'p" sohibi Raymond Kopa kelib chiqishiga ko'ra polyak edi.

Mishel Platini — italiyalik, Zinedin Zidan esa kelib chiqishiga ko'ra jazoirlik edi.

Jean-Pier Papen muhojir emasdi. Ammo keyingi "Oltin to'p" egalari Karim Benzema Jazoirga, Usmon Dembele esa afrikaliklarga borib taqaladi.

Ular Fransiyaga kelishadi, chunki bu yerda haqiqiy ta'lim va rivojlanish imkoniyatlari borligini his qilishadi. Ko'pincha ular katta ishtiyoq bilan harakat qilishadi, chunki eng yaxshilardan biri bo'lish uchun qattiq kurashish kerakligini yaxshi bilishadi"
, — dedi Arsen Venger Toni va Feliks Kroosning podkastida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar