Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati pley-off bosqichi doirasidagi Fransiya - Paragvay bahsida o‘zbekistonlik referi Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan edi.
Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rayan Sherki JCH-2026 1/8 final bosqichida Paragvay bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindagi hakamlik haqida keskin fikr bildirdi (0:1). Tantashev mazkur uchrashuvda «uch ranglilar» futbolchilariga 3 ta sariq kartochka ko‘rsatdi va Lotin Amerikasi vakili futbolchilariga birorta ham kartochka ko‘rsatmadi.
– Hakamlik haqida qaynday fikrdasiz?
– Bu borada gapim yo‘q, o‘zingiz ko‘rdingiz... Follar nechta bo‘ldi? 30-40 ta? Sariq kartochkalar nechta ko‘rsatildi? Buning ahamiyati yo‘q. Asosiysi — biz chorak finalda, — deya Sherkining so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Equipe.
Ma’lumot uchun, jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Fransiya milliy jamoasi Marokash bilan ro‘baro‘ keladi. O‘yin 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi va «Jillett» stadionida (Foksboro, AQSH) o‘tkaziladi.