JCH-2026 1/8 finalidan o'rin olgan Paragvay - Fransiya uchrashuvi oldidan Opta superkompyuteri jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
25 mingta simulyatsiya natijasiga ko'ra, Fransiya ushbu bahsning yaqqol favoriti sifatida ko'rilmoqda.
Opta hisob-kitobiga ko'ra, Dide Desham jamoasi asosiy vaqtida g'alaba qozonish ehtimoli 79,7 foizni tashkil qilmoqda.
Paragvayning g'alaba qozonish imkoniyati esa 6,7 foizga baholangan. Durang va penaltilar seriyasi ehtimoli 13,6 foiz deb ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, Paragvay 1/16 finalda Germaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, katta sensatsiya qayd etgan edi. Fransiya esa Shvetsiyani 3:0 hisobida yengib, keyingi bosqichga yo'l oldi.