Live
1
O'zbek

Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»

Futbol
4 iyul, 16:26
«Andijon» ustozisi Rossiya klubiga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»
Фото: Андижон ПФК

«Andijon» – «Enisey» (1:1) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin «burgutlar» bosh murabbiyi Islom Ahmedov klub matbuot xizmati uchun taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Oʻyindan qoniqish bor. Yigitlarimizda ijobiy tomonga juda yaxshi oʻsish bor. Lekin, baribir 100 foiz qoniqdik, desak ishlashdan toʻxtab qolamiz. Albatta, yana ishlaydigan jihatlarimiz borligi koʻrindi. Umumiy olganda, yigitlarni harakatlari yaxshi boʻldi. Juda koʻp imkoniyatlarimiz boʻldi. Yakuniy qismda kamchiliklarimiz sezilib qoldi. Yoqqan tomoni futbolchilarimiz borini berib, oxirigacha kurashishdi va har qanday qiyin vaziyatlarda ham ogʻir bosiqilik bilan pas orqali chiqib ketishayotgani yaxshi boʻldi.

- Raqib ustozisi oʻyin davomida ancha asabiylashib shogirdlariga eʼtirozlar bildirdi...

- Har bir murabbiyni oʻz qarashi bor. Toʻgʻrisi, raqib murabbiyiga eʼtibor bermadim. Bor fokusni oʻz jamoamga qaratdim.

- 1:1 hisobi oʻyinga mos tushdi, deb oʻylaysizmi?

- Raqibga nisbatan koʻproq hujumlar qildik, koʻproq vaziyatlar yaratdik. Biroq ularda ham imkoniyatlar boʻldi. Shunga qaramay, koʻproq bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi. Yutsak boʻlardi. Gʻalaba qozonish imkoniyatimiz bor edi. Faqat hujumlarda oxirgi nuqtani qoʻyishda ozgina sovuqqonlik va aniqlik yetishmadi.

- Murabbiy sifatida mazkur oʻyindan oʻzingiz uchun oʻylagan barcha jihatlarni oldingizmi?

- Yigʻin oxiriga yetib boryapti. Mashgʻulotlardagi ishlanmalarimiz koʻrinishni boshladi. Yana ham toliqish hisobiga shunchalik koʻrinyapti. Xudo xohlasa, tetik holatda yanada yaxshiroq chiqadi», - deya Ahmedovning soʻzlaridan keltiradi «Andijon» matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar