Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer jahon chempionatining eng yaxshi to'purar bo'lish uchun kurash haqida o'z fikrini bildirdi.
«Men hali ham Kilian Mbappe to'purarlik poygasida g'olib chiqadi, deb hisoblayman. Fransiya, ehtimol, finalgacha yetib boradi va jamoaning gollarining asosiy qismini aynan u urmoqda.
Umid qilamanki, Harri Keyn ham musobaqa oxirigacha Mbappe bilan «Oltin butsa» uchun kurash olib boradi», — dedi Shirer BBC'ga.
Ayni paytda jahon chempionati to'purarlari ro'yxatida Lionel Messi peshqadam bo'lib turibdi. Argentina sardori hisobida 7 ta gol mavjud. Mbappeda 6 ta gol bor. Keyn hisobida esa 5 ta gol mavjud.