Angliyalik yarimhimoyachi Aleks Oksley-Chamberlayn "Seltik"da qoladigan bo'ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli futbolchi Glazgo klubi bilan bir yillik bitim imzolagan.
"Seltik"da yana bir mavsum qolayotganimdan xursandman. Yigitlar bilan ko'rishishni va mashg'ulotlarni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, kelasi yil biz uchun yana bir muvaffaqiyatli mavsum bo'ladi", — dedi Oksley-Chamberlayn.
Ma'lumot uchun, Aleks 2026 yilning fevral oyida "Seltik" safiga kelib qo'shilgan. Mavsumning ikkinchi yarmi davomida "Liverpul"ning sobiq xavbeki 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Angliyalik futbolchi shotland klubi tarkibida mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.