"Nyukasl" klubi yaqin vaqt ichida "Frayburg" yarimhimoyachisi Yoxan Manzambi bo'yicha birinchi rasmiy taklifini yubormoqchi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi.
Manbaga ko'ra, "qarg'alar" shveytsariyalik 20 yoshli futbolchining transferi yuzasidan dastlabki muzokaralarni allaqachon boshlagan.
Yoxan 2026 yildagi jahon chempionatidagi yorqin o'yini orqali Yevropaning qator klublari e'tiborini tortdi. Manzambi turnirda hozirga qadar 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.