Sandro Tonali "Nyukasl"dan "Tottenhem"ga o'tadi.
Fabrizio Romano yozishicha, klublar 26 yoshli yarimhimoyachining transferi borasida kelishuvga erishdi. Italiyalik futbolchi "taqachilar"ga 92,5 million funtga tushadi. Agar jamoa bir necha bor YCHLga chiqqanda, yana 7,5 mln funt bonuslar qo'shiladi.
Tonali "Tottenhem" tarixidagi eng yirik transferga aylanadi. Avvalgi rekord 2024 yilda "Bornmut"dan 65 million funtga sotib olingan Dominik Solankega tegishli edi.
Shuningdek, londonliklar "Vest Hem" yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshni 85 million funtga sotib olishga yaqin.
Tonali o'tgan mavsumda APLda 35 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
Sandro Tonali — "Tottenhem" futbolchisi (Romano)
Futbol
1 iyul, 15:55
Italiyalik yarimhimoyachi londonliklar tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
Foto: Getty Images