Live
2
O'zbek

«Tottenhem» Tonali uchun 100 million yevrodan ortiq taklif berdi

Futbol
1 iyul, 12:46
London klubi «Nyukasl» yarimhimoyachisini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biriga aylantirgan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» Tonali uchun 100 million yevrodan ortiq taklif berdi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali transferi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif bilan chiqdi.

Insayder Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, ayni paytda London klubi «qarg‘alar»ning javobini kutmoqda.

26 yoshli italiyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sandro Tonali 2023 yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, Tonalining amaldagi shartnomasi «Nyukasl» bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, klub uni jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar