Meksika milliy jamoasi 1986 yildan keyin ilk bor Jahon chempionatining pley-offida g'alaba qozondi.
Xavier Agirre boshqarayotgan jamoa JCH-2026 1/16 finalida Ekvadorni 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Bu — meksikaliklarning 1986 yildagi o'z maydonida bo'lib o'tgan mundialdan beri pley-offdagi ilk g'alabasi. O'shanda ular 1/8 finalda Bolgariyadan 2:0 hisobida ustun kelishgandi.
Meksika 1986 yildagi musobaqada chorak finalga chiqqanidan so'ng keyingi Jahon chempionatlari pley-offida ketma-ket yetti marta yutqazdi. Jamoa 1994 yildan 2018 yilgacha bo'lgan barcha mundiallarda guruhdan chiqib, 1/8 final bosqichida turnirni tark etgan.
Meksika 1990 yildagi Jahon chempionatidan chetlatilgan, 2022 yildagi mundialda esa guruh bosqichidan chiqolmagandi.
Meksika JCH pley-offida 40 yillik tanaffusdan so'ng g'alaba qozondi
Futbol
1 iyul, 12:30
Pley-offdagi avvalgi g'alaba ham jamoaning o'z maydonida o'tgan mundialga to'g'ri keladi.
Foto: Getty Images
30.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Meksika
2
:
0
Ekvador