Bugun
6
O'zbek

Meksikalik Mora Pele davridan buyon JCH pley-off bosqichida maydonga tushgan eng yosh futbolchi

Futbol
1 iyul, 00:44
Iqtidorli futbolchi Meksika milliy jamoasining mundial 1/16 final bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Meksikalik Mora Pele davridan buyon JCH pley-off bosqichida maydonga tushgan eng yosh futbolchi
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika 2 : 0 Ekvador Ekvador

Bu haqda tarixchi jurnalist MisterChip xabar berdi.

Vunderkind Xilberto Mora Meksika milliy jamoasining mundial 1/16 final bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Yarimhimoyachi jahon chempionatlari tarixida pley-off bosqichida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi – 17 yosh va 259 kun. Moradan ham kichikroq yoshda faqat braziliyalik afsona Pele pley-offda maydonga tushgan – 17 yosh va 241 kunlik. Bu borada uchinchi pog‘onada ispaniyalik Gavi joylashgan (18 yosh va 123 kunlik).

Klublar miqyosida Xilberto Mora Meksikaning «Tixuana» jamoasi sharafini himoya qiladi, ammo anchadan buyon Yevropa grandlari e’tiborida bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • Ekvador Ekvador
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar