Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays ayni paytda jamoada tarixdagi eng kuchli penalti ijrochilari jamlanganini ta'kidladi.
«Hozirgi tarkibga qaraydigan bo‘lsak, Angliya tarixida bundan kuchli penalti tepuvchilarni topish qiyin. Harri Keyn, Ayvan Toni, Markus Reshford, Entoni Gordon, Bukayo Saka va Jud Bellinghem — barchasi penaltilarni juda yaxshi ijro etadi.
Men hech qachon penalti tepish bo‘yicha eng yaxshilardan biri bo‘lmaganman. Ammo Chempionlar ligasi finalidagi penaltidan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi», — dedi Rays.
Eslatib o‘tamiz, Angliya JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahs olib bormoqda.
Ma'lumot uchun, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsi bilan yakunlanadi.