Live
3
O'zbek

«Portu» Kivörni «Arsenal»dan to'liq sotib oldi

Futbol
1 iyul, 12:10
Shartnoma 2030 yilga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Portu» Kivörni «Arsenal»dan to'liq sotib oldi
Фото: Porto FC

«Arsenal» himoyachisi Yakub Kivör «Portu»ning to'laqonli a'zosiga aylandi. Bu haqda «to'pchilar» rasmiy sayti xabar berdi.

«Arsenal»dagi barcha Yakubga klubga qo'shgan hissasi va bu yerda o'tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiradi hamda unga kelajakdagi faoliyatida eng yaxshi tilaklarni tilab qoladi», — deyiladi «to'pchilar» bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Kivör yakunlangan mavsumni Lissabon klubi safida ijara asosida o'tkazdi.

Portugaliya klubi futbolchini sotib olish huquqidan foydalangan. Kelishuv summasi 17 million yevroni tashkil etdi. Shartnoma 2030 yilga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi transfer qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
Bugungi yangiliklar