Live
2
O'zbek

La Liga yangi mavsumiga qur'a tashlandi — klassikoning taxminiy sanalari ma'lum

Futbol
1 iyul, 12:45
"Barselona" va "Real" mavsumni jiddiy raqiblarga qarshi o‘yinlar bilan boshlaydi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
La Liga yangi mavsumiga qur'a tashlandi — klassikoning taxminiy sanalari ma'lum
Foto: Getty Images

La Liganing 2026/27 yilgi mavsumi rasmiy ravishda 14 avgust kuni start oladi.

14-16 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 1-tur bellashuvlarida "Barselona" "Atletik"ka qarshi maydonga tushadi, "Real" "Real Sosiedad" bilan bahs olib boradi, "Atletiko" esa o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qiladi.

Shuningdek, 1-turda quyidagi o‘yinlar ham o‘tkaziladi:
"Alaves" — "Xetafe"
"Selta" — "Osasuna"
"Deportivo" — "Elche"
"Espanyol" — "Levante"
"Rasing" — "Vilyarreal"
"Sevilya" — "Rayo Valekano"
"Valensiya" — "Betis"

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi klassiko bahslari 10 va 35-turlarda — taxminan 25 oktabr hamda 9 may sanalarida bo‘lib o‘tadi. La Liga turlar uchun aniq sanalarni oldindan e'lon qilmaydi, balki taxminiy vaqt oralig‘ini ko‘rsatadi. Masalan, birinchi El Klasiko uchun 25 oktabr sanasi belgilangan bo‘lsa ham, o‘yin amalda 23-25 oktabr oralig‘idagi istalgan kunda o‘tkazilishi mumkin.

"Barselona"ning "Atletiko"ga qarshi bahslari taxminan 8 noyabr va 7 fevral kunlariga to‘g‘ri keladi.

"Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi Madrid derbisi esa taxminan 20 sentyabr hamda 4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar