"Atletiko" yarimhimoyachisi Koke klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Koke klub bilan shartnomasini 2027 yil 30 iyunga qadar uzaytirganidan so'ng Madridning "Atletiko" klubida tarix yaratishda davom etadi. Shu tariqa, bizning sardorimiz 2026/2027 yilgi mavsum davomida qizil-oq ranglarni himoya qilishda davom etadi", — deyiladi klubning rasmiy sayti.
Koke "Atletiko" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009 yildan beri asosiy jamoa tarkibida o'ynaydi. Shu vaqt ichida futbolchi 740 rasmiy o'yin o'tkazdi, 50 ta gol urdi va 122 ta golli uzatma amalga oshirdi.