«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, armanistonlik 37 yoshli futbolchi «neradzurri» bilan 2027 yilning yoziga qadar yangi bitim tuzdi.
«Inter»ga oʻtgan vaqtidan beri Mxitaryan jamoaga ulkan tajriba, yuqori texnik mahorat va favqulodda taktik zehn olib kirdi hamda oʻzini «neradzurri» yarim himoyasining asosiy figurasini sifatida namoyish eta oldi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, Genrix 2022 yildan beri Milan klubi safida toʻp tepib keladi. Bu davr mobaynida barcha turnirlarda 187 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.