Bugun
6
O'zbek

"Milan" ikki nafar markaziy himoyachi bilan muzokaraga kirishdi

Futbol
1 iyul, 08:44
Amorim sobiq shogirdlarini yangi jamoasiga olib kelmoqchi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Milan" ikki nafar markaziy himoyachi bilan muzokaraga kirishdi
Фото: Getty Images

"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa himoyasini kuchaytirmoqchi.

Insayder Antonio Vitelloning xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisda tarkibni kuchaytirish uchun nomzodlar ro'yxatida ikki futbolchi mavjud.

Xususan, "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines va "Sporting"dan Gonsalu Inasiu.

Manba ma'lumotiga ko'ra, ikkala futbolchi ham Amorimga juda yoqadi. Murabbiy ulardan biri "Milan"ga o'tadi deb umid qilmoqda. Xabar qilinishicha, aloqalar allaqachon o'rnatilgan.

Avvalroq "rossonerilar" Gonsalu Ramushni "PSJ"dan sotib olganini e'lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar