Bugun
6
O'zbek

Rasman: Jenezio – "Marsel" bosh murabbiyi

Futbol
1 iyul, 07:32
Qayd etilishicha, mutaxassis 2026 yil 1 iyuldan ishga kirishadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Rasman: Jenezio – "Marsel" bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

"Marsel" Bruno Jenezioni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, mutaxassis 2026 yil 1 iyuldan ishga kirishadi.

"Bruno Jenezio – butun Fransiya futboli tomonidan e'tirof etilgan sifatlarga ega murabbiy. Uning tajribasi, talabchanligi va o'yinga bo'lgan qarashi biz ushbu yangi bosqichni boshlash uchun izlagan narsalarga to'liq mos keladi. Uning loyihamizga sodiqligi, uzoq muddatli istiqbolga qurish istagi va "Marsel"ga qo'shilish g'oyasidan mamnunligi bizni ishontirdi. Biz uni klubda kutib olishdan baxtiyormiz", — deya ta'kidladi klub prezidenti Stefan Rishar.

Ma'lumot uchun, Jenezio "Lion", "Renn" va "Lill" klublarida ishlagan, shuningdek, Xitoyning "Beytszin Goan" klubini boshqargan.

Bugungi yangiliklar