"Liverpul" klubi himoyachi Jeremi Jake ning transferini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 20 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
"Men bu o'tishdan mamnunman. "Liverpul"da ekanimdan juda xursandman. Ushbu jamoada o'ynashni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Bunday katta klubda to'p surish — amalga oshgan orzu", — deya futbolchining so'zlarini keltiradi mersisaydliklar rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, "qizillar" o'tgan mavsumda APLda 60 ochko to'plab, 5-o'rinni egalladi va Yevropa Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi.