Bugun
6
O'zbek

"Benfika" Langleni o'z safiga qo'shib oldi

Futbol
1 iyul, 06:40
"Burgutlar" 31 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Benfika" Langleni o'z safiga qo'shib oldi
Фото: Getty Images

"Benfika" fransiyalik himoyachi Klemang Langlening transferini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, "burgutlar" 31 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.

Shundan keyin, Langle "Benfika" bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzolagan.

O'tgan mavsumda Klemang 34 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 4 million yevroni tashkil etadi.

Futbolchi faoliyati davomida "Barselona", "Sevilya", "Tottenhem" va "Aston Villa" kabi jamoalarda o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar