Live
2
O'zbek

«Benfika» Shkrinyarni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Futbol
27 iyun, 16:55
Uning «Fenerbahçe» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Benfika» Shkrinyarni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Fenerbahçe» himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini «Benfika»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Record nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta himoyaga yangi futbolchi olib kelish haqidagi savolga javob berar ekan, «Atletiko» himoyachisi Xose Ximenes variantini rad etdi. Biroq u slovakiyalik 31 yoshli himoyachiga qiziqish borligini inkor etmadi.

Shkrinyar 2024 yilda Joze Mourinio «Fenerbahçe» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng turk klubiga qoʻshilgan edi.

Milan oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol, 2 ta golli uzatma va 10 ta sariq kartochka qayd etdi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Shkrinyarning bozor qiymati 10 million yevroga teng.

Uning «Fenerbahçe» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar