Xorvatiya milliy jamoasi sardori Luka Modrich Jahon chempionatlari tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida yana bir pog‘onaga ko‘tarildi.
40 yoshli yarimhimoyachi JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Ganaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Ushbu uchrashuv Modrich uchun Jahon chempionatlaridagi 22-o‘yin bo‘ldi.
Natijada xorvatiyalik futbolchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Argentina afsonasi Diyego Maradonani ortda qoldirdi. Maradona mundiallarda jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ushbu reytingda peshqadamlik Lionel Messiga tegishli. Argentina sardori Jahon chempionatlarida 28 ta o‘yin o‘tkazgan.