Gana milliy jamoasi yetakchisi JCH-2026 guruh bosqichi 3-turi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Gana milliy jamoasi hujumchisi Antuan Semenyo jahon chempionati-2026 guruh bosqich oxirgi tur doirasidagi Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va OAV vakillarining savollariga javob qaytardi.
Antuanning aytishiga ko‘ra, jamoaning hozirgi modelidagi eng muhim jihat himoyadagi tartib-intizom va 90 daqiqa davomida jamoaviy to‘g‘ri harakatlar bo‘lib qolmoqda .
«Yana va yana jamoa uchun eng muhimi - kerakli natijaga erishish uchun 90 daqiqa davomida birgalikda himoyalanish. Aynan shu ishni qilishimiz kerak. Avval men o‘ynagan jamoada yetarlicha himoyalanardik. Shunday ekan bunga ko‘nikib ulgurganman», - dedi Semenyo.
«Jamoaning barcha a’zolari nima bo‘layotganini yaxshi tushunib turibdi va barchasidan mamnun. Biroq biz oldinga o‘tib ketishimiz kerak emas», - qo‘shimcha qildi forvard.
Ma’lumot uchun, Angliya va Gana hisobida 4 tadan ochko bor. Xorvatlarda 3 ochko, Panamada — esa 0.