Tajribali futbolchi Ivan Perishich jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasida Ganaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Asosiy urg‘u tiklanish jarayoniga qaratildi. Mashg‘ulotlar uchun vaqtimiz kam edi. Tahlil qilamiz va maydonga tushib, qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Nima kerakligini tushunib turibmiz, ammo dastlabki ikki o‘yindagidan yaxshiroq harakat qilishimiz talab etiladi», - dedi Perishich.
«Gana - tartibli o‘ynaydigan, yaxshi jamoa. Avvalgi ikki o‘yinda ular chuqur himoyadan o‘ynashdi. Ular keyingi bosqichga chiqib bo‘ldi, balki endi o‘yinida nimanidir o‘zgartirar. Biz barcha narsaga tayyor bo‘lishimiz zarur», - qo‘shimcha qildi Ivan.
Ma’lumot uchun, Angliya va Gana hisobida 4 tadan ochko bor. Xorvatlarda 3 ochko, Panamada — esa 0.