"Bavariya" klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi. Unga koʻra, Maykl Olise muxlislar oʻrtasidagi soʻrovnomada gʻolib boʻldi.
Fransiyalik vinger oʻtgan mavsumda Myunxen klubida barcha turnirlarda 57 ta oʻyinda 25 ta gol urdi va 28 ta assist qayd etdi. Muxlislar oʻtkazgan soʻrovnomada 51,4 foiz ovoz toʻpladi.
Olise bu borada hujumchi Harri Keyn (32 foiz) va vinger Luis Diasni (4 foiz) ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, "Bavariya" klubi oʻtgan mavsumda Bundesliga va Germaniya kubogida gʻolib boʻldi.