Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku jahon chempionatlaridagi milliy rekordni yangiladi.
33 yoshli forvard turnirning 3-turida Yangi Zelandiya darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, uning mundialdagi gollari soni 6 taga yetdi. Bu borada u eng yaxshi ko'rsatkichga ega hisoblanadi.
Avvalgi rekord Mark Vilmotsga tegishli edi. U JCH-1998 va JCH-2002 turnirlarida jami 5 ta gol urg'an edi.
Eslatib o'tamiz, Belgiya milliy jamoasi o'z guruhida peshqadam bo'lib, pley-offga yo'llanma oldi.