Live
7
O'zbek

Rudi Garsiya: «Belgiya milliy jamoasi yetakchilarini «o‘z davrini» yashab bo‘lgan deyish noto‘g‘ri»

Futbol
27 iyun, 07:06
Tajribali murabbiy jamoasining Yangi Zelandiya ustidan qozongan g‘alabsidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rudi Garsiya: «Belgiya milliy jamoasi yetakchilarini «o‘z davrini» yashab bo‘lgan deyish noto‘g‘ri»
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya 1 : 5 Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi ustozi Rudi Garsiya jamoasining jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur doirasida Yangi Zelandiya ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan (5:1) keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aynan yirik hisobdagi g‘alaba belgiyaliklarga guruhdan birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

— Eron va Misrga qarshi o‘yinlar bilan taqqoslaganda qanday farq sezdingiz?
— Samaradorlikda. Balki bizda xuddi shuncha yoki undan ham kamroq vaziyat bo‘lgandir, lekin bu safar hujumlarni yakunlashda samaraliroq harakat qildik. Gol urganingizda barchasi o‘zgaradi. Xotirjamlikni saqlab qola olgan shogirdlarimni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Ularga ishongandim — ayniqsa yetakchilarimizga. To‘g‘risini aytaman: Ularni «o‘z davrini» yashab bo‘lgan deyishlari menga umuman yoqmadi. Agarda mamlakatda bunday darajadagi futbolchilar bo‘lsa, ularni qo‘llab-quvvatlash zarur. Yigitlar barchasiga maydonda javob berishdi: Trossarddan 2 ta gol, De Bruneda gol va assist, Lukakudan yana bitta gol. Belgiya milliy jamoasi «qariyalari» buni amalga oshirishdi. Shu narsani alohida ta’kidlamoqchi edim, — deya Garsiya so‘zlaridan iqtibos keltirdi Niewsblad.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanadada o‘tayotgan mundial 19-iyulga qadar davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar