Aynan ular tufayli futbolchi 804 kunni maydondan tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Touchline nashri o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.
Angliya milliy jamoasi va «Chelsi» klubi qanot himoyachisi Ris Jeyms faoliyatidagi 24-jarohatini orttirib oldi.
Hozirda Jeyms tizza osti payidagi jarohatini davolashga kirishib ketgan. Avvalroq futbolchi Angliya milliy jamoasining JCH-2026dagi kamida 2 ta o‘yinini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Seshanba, 24 iyun kuni Ganaga qarshi o‘yindan keyin futbolchi mushaklaridagi og‘riq haqida aytgan, juma kuni esa jamoaning umumiy mashg‘ulotida ishtirok etmagan. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel matbuot anjumanida Jeyms Nyu-Yorkdagi Panamaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Agarda jamoa pley-off bosqichiga chiqishni uddalasa, himoyachi 1/16 final bahsini ham o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi Xorvatiyani (4:2) mag‘lubiyatga uchratib, Gana bilan durang (0:0) o‘ynadi va 4 ochko bilan L guruhida yetakchilik qilmoqda.