Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
«Manchester Yunayted» va Urugvay milliy jamoasi yarimhimoyachisi jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yinda (0:1) tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Bu ingliz klubining yozgi transfer oynasidagi ishlarini qiyinlashtirishi mumkin, deb ta’kidladi The Sun.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» xavotir bilan tibbiy tekshiruv natijalarini kutmoqda. Klubdagilar oldingi xochsimon boylam uzilib ketgan bo‘lsa, yarimhimoyachi uzoq vaqtga safdan chiqqan bo‘lishidan xavotirda.
Jarohat olgunga qadar Ugarte yozda Manchesterni tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri edi. Ma’lum qilinishicha, futbolchiga A Seriya klublari qiziqish bildirayotgandi, «Yunayted» rahbariyati esa Ugartening sotuvidan tushgan pullarni yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishga yo‘naltirmoqchi edi.
Manchesterliklar «Atalanta»dan Ederson transferini kelishib ulgurgan va «Vest Hem»ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Mateush Fernandesh transferi ustida ishlarni davom ettirmoqda. Urugvaylik futbolchining sotilishi yana bir bitimga zamin yaratishi reja qilingandi.
Futbolchining katta maoshi «Yunayted» uchun qo‘shimcha bosh og‘riq bo‘lishi mumkin. APL moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun klub yarimhimoyachi transferidan kamida 29,4 million yevro foyda ko‘rishi kerak.