Live
8
O'zbek

«Al Hilol» Rafinyadan voz kechib, Salohga e’tibor qaratdi

Futbol
27 iyun, 12:35
Saudiya klubi yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadini o‘zgartirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Al Hilol» Rafinyadan voz kechib, Salohga e’tibor qaratdi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi yozgi transfer oynasida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni asosiy nishon sifatida belgiladi.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, avvalroq «Barselona» vingeri Rafinya Dias Saudiya klubiga o‘tishga yaqin turgandi. Biroq «Al Hilol» endilikda e’tiborini misrlik yulduz Salohga qaratgan.

Manbaga ko‘ra, aynan Saloh hozirda «Al Hilol»ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadi hisoblanadi.

2025/26 yilgi mavsumda Muhammad Saloh barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etilishicha, hujumchi iyun oyi oxirida shartnomasi yakunlangach, «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar