Bugun
28
O'zbek

"PSJ" Akliush transferi uchun kurashda yetakchi

Futbol
27 iyun, 13:45
Akliushning ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"PSJ" Akliush transferi uchun kurashda yetakchi
Фото: Getty Images

"PSJ" klubi "Monako" hujumchisi Magnes Akliushni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogarga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar 23 yoshli futbolchi transferi bo'yicha raqobatda yetakchilik qilmoqda. Ularga Angliya Premer-ligasining yana ikki klubi raqobat qilyapti.

"Monako" yaqin kunlarda Akliush bo'yicha rasmiy takliflarni qabul qilishi kutilmoqda.

Fransiyalik futbolchi o'tgan klub mavsumida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Akliushning ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar