Bugun
28
O'zbek

«Manchester Siti» 19 yoshli Deturbeni sotib oldi

Futbol
27 iyun, 14:47
Fransiyalik vinger transferi 25 million yevroga baholandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Siti» 19 yoshli Deturbeni sotib oldi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» Fransiyaning «Trua» klubi vingeri Matis Deturbeni o‘z safiga qo‘shib oldi.

«Trua» matbuot xizmati 19 yoshli futbolchining «shaharliklar» safiga ko‘chib o‘tganini rasman e’lon qildi. E'tiborlisi, har ikki klub ham City Football Group tarkibiga kiradi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, transfer summasi 25 million yevroni tashkil qilgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» yaqin kunlarda Deturbeni «Monako»ga sotib olish huquqi bilan ijaraga yuboradi.

Matis Deturbe o‘tgan mavsum Fransiya Liga 2 bahslarida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar