«Real» klubi rahbariyati yarimhimoyachi Federiko Valverdeni jamoaning muhim yetakchilaridan biri sifatida ko'rishda davom etmoqda.
Marca nashri xabar berishicha, Madrid klubi urugvaylik xavbekga bo'lgan ishonchini saqlab qolgan. Futbolchi kelasi mavsumda jamoa sardorlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Shu sababli uning jamoani tark etishi varianti rahbariyat tomonidan ko'rib chiqilmayapti.
So'nggi mavsum Valverde uchun turli voqealarga boy bo'ldi. Uning maydondagi samarali o'yini ayrim bahsli holatlar bilan birga kechgan bo'lsa-da, klub ichida unga nisbatan munosabat o'zgarmagan.
Avvalroq unga «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan qiziqish bo'layotgani xabar qilingandi.