Bugun
9
O'zbek

«Real» Sebalos bilan xayrlashganini e'lon qildi

Futbol
26 iyun, 15:40
29 yoshli yarimhimoyachi Madrid klubida 16 ta sovrin qo'lga kiritdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Real» Sebalos bilan xayrlashganini e'lon qildi
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Dani Sebalos bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Tomonlar avvalroq o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishga kelishib olishgandi.

«Real» va Dani Sebalos o'zaro kelishuvga ko'ra hamkorlikni yakunlashga qaror qildi. Futbolchi 2017 yildan buyon «Real» safida to'p tepib keladi va klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birida jamoaning muhim o'yinchilaridan biri bo'ldi.

U asosiy jamoa safida yetti mavsum davomida 215 ta bahsda ishtirok etib, 16 ta sovrinni qo'lga kiritdi: 3 marta Chempionlar ligasi, 4 bor klublar o'rtasidagi jahon chempionati, 3 marta UEFA superkubogi, 2 bor La Liga, 1 marta Ispaniya kubogi, 3 bor Ispaniya superkubogi.

«Real» Dani Sebalosga klub sharafini himoya qilgan yillari davomidagi sadoqati, professionalligi uchun minnatdorlik bildiradi hamda unga va oilasiga hayotining yangi bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

«Real» uning uyi bo'lgan va doim uyi bo'lib qoladi»,
— deyiladi klub bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar