Live
2
O'zbek

"Metallurg" murabbiylar shtabiga jamoaning sobiq ikki hujumchisi qo'shildi

Futbol
26 iyun, 15:20
Bekobodliklar ustoz Ilhom Mo'minjonovning shtabi kengaydi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Metallurg" murabbiylar shtabiga jamoaning sobiq ikki hujumchisi qo'shildi
Foto: FC Metallurg

"Metallurg" murabbiylar shtabiga ikki nafar mahalliy mutaxassis qo'shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Ilhom Mo'minjonovning murabbiylar shtabiga klub uchun begona bo'lmagan ikki nafar mahalliy mutaxassis — Ilyos Qurbonov hamda Zohid Abdullayev qo'shildi.

Har ikki mutaxassis "Metallurg" muxlislari uchun yaxshi tanish, o'z vaqtida klub libosida maydonga tushgan sobiq hujumchilar sanaladi.

Ilyos Qurbonov professional futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2015 yili Bekobod klubiga qaytgan va turli lavozimlarda faoliyat olib borgan, bir muddat jamoa bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan.

Bekobod futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Zohid Abdullayev esa faoliyatining katta qismini "Metallurg"da o'tkazgani, jumladan, klub tarkibida O'zbekiston oliy liga o'yinlarida eng ko'p maydonga tushgan va eng ko'p gol urgani futbolchidir.

Shunday qilib, bungacha "Metallurg" U-19 jamoasida ish olib borgan ikki mutaxassis endilikda Ilhom Mo'minjonovga bevosita yordam beradigan bo'ldi.

Ushbu o'zgarishlar jamoa uchun manfaatli bo'ladi va mutaxassislarimiz klub muvaffaqiyatlariga o'z hissalarini qo'shishadi, deb ishonib qolamiz", — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar