O'zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCH-2026 3-turidan o'rin olgan Kongo DRga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Asosiy maqsadimiz — bizni qo'llab turgan xalqimizni xursand qilish. Birinchi golimizni urdik, endi vazifamiz — ilk g'alabaga erishish.
Himoyani ham unutmasligimiz kerak, gol urishga intilib orqani unutmoqchi emasmiz. Birinchi navbatda yutuqqa erishish muhim. Asosiy maqsad — tartibli o'yin namoyish etib, g'alabani qo'lga kiritish.
Muhlislar? Ular kuch berib turishdi. Nafaqat maydondagilar, balki O'zbekistondagi ishqibozlarimizning ham qo'llab-quvvatlab turishlarini his qildik. Ularga albatta minnatdorchilik bildiramiz va ularni bo'lajak o'yinda xursand qilishga harakat qilamiz", — deya hujumchining so'zlarini keltiradi O'FA matbuot xizmati.
O'zbekiston — Kongo DR bahsi Toshkent vaqti bilan 28 iyun kuni soat 04:30da boshlanadi. Afrikaliklarda 1 ochko bor, Fabio Kannavaro jamoasida esa ochko yo'q.
Eldor Shomurodov: "Ilk golimizni urdik. Endi vazifamiz — birinchi g'alabaga erishish"
Futbol
26 iyun, 16:30
O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Kongoga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Foto: UFA
27.06.2026, 19:30
Jahon chempionati (JCH-2026)
Kongo Demokratik Respublikasi
-
:
-
O‘zbekiston