Jahon chempionatida 3-tur bahslari davom etmoqda. F guruhida Niderlandiya autsayder Tunisni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Guruhning ikkinchi bellashuvida Yaponiya esa Shvetsiya bilan murosa ko'chasini tanladi.
Shu tariqa, Niderlandiya guruhni 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. Yaponiya 5 ochko to'plab, 2-pog'onandan joy oldi. Shvetsiya 4 ochko bilan pley-offga chiqdi. Tunis uchchala bahsda ham mag'lub bo'lib, guruhni so'nggi pog'onada tugatdi.
JCh-2026. E guruhi. 3-tur. 25 iyun
Tunis — Niderlandiya 1:3
Gollar: Masturi 54 – Sxiri 3 avtogol, Brobbi 7, van Hekke 62
Tunis — Damen, Valeri, Talbi, Sxiri, Bin Hamida, Abdi, Slimane (Achuri, 68), G'arbi, Xedira (Belhaj, 67), Mejbri, Masturi.
Niderlandiya — Verbruggen, Dumfris, van Hekke, van Deyk, Ake, Gravenberh, de Yong, Reynders (Kluivert, 72), Malen (Sammervil, 72), Gakpo (Lang, 84), Brobbi (Depay, 78).
Yaponiya — Shvetsiya 1:1
Gollar: Maeda 56 – Elanga 62
Yaponiya — Suzuki, Seko (Vatanabe, 75), Itakura, Ito, Sugavara, Tanaka, Kamada, Nakamura (Nagatomo 75), Doan (Ito, 67), Maeda, Ueda.
Shvetsiya — Zetterstrom, Lagerbielke, Hin, Gulmundsson, Bernhardsson (Svensson, 75), Lindelof, Ayari, Stroud (Sema, 75), Elanga, Isak, Gokyeresh.