Live
2
O'zbek

Niderlandiya va Germaniya – JCH-2026da eng ko'p gol urgan jamoalar

Futbol
25 iyun, 22:06
Ikkisi ham 10 tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Niderlandiya va Germaniya – JCH-2026da eng ko'p gol urgan jamoalar
Фото: Getty Images

Niderlandiya va Germaniya milliy jamoalari 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida gollar soni bo'yicha yetakchilik qilmoqda.

Yevropaning har ikki jamoa guruh bosqichida uchtadan o'yin o'tkazib, jami 10 tadan gol urdi. Ikkisi ham guruhlarida birinchi o'rinni egallab 1/16 finalga yo'l oldi.

Germaniya o'z guruhida 2 ta g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Niderlandiya esa 2 g'alaba va 1 durang bilan guruhni yakunladi.

Eslatib o'tamiz, turnir finali 19 iyul kuniga belgilangan. Argentina milliy jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar