«Arsenal» va «Manchester Yunayted» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni kuzatmoqda. Bu haqida Daily Mail xabar qildi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, «giloslar» klubi 22 yoshli futbolchini qariyb 70 million yevro evaziga sotishi mumkin.
Shu bilan birga, klub Skott bilan shartnomasini uzaytirishga harakat qilmoqda. Biroq, ingliz futbolchisiga bo'lgan yuqori qiziqish tufayli bu muammoli bo'lishi mumkin.
O'tgan mavsumda Skott barcha turnirlarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, to'rtta gol va bitta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, uning bozor narxi 50 million yevroni tashkil etadi.
«Arsenal» va «MYU» Skott uchun kurashmoqda
Futbol
25 iyun, 21:54
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Фото: Getty Images