«Bayer» hujumchisi Patrik Shik Chexiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini rasmiy ma'lum qildi.
30 yoshli futbolchi ushbu qaror uzoq o'ylanganini va jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok ta'sirida shoshilinchsiz qabul qilinganini ta'kidladi.
Uning so'zlariga ko'ra, milliy jamoasidagi faoliyati davomida doimo mamlakatiga munosib himoya qilish uchun bor kuchini sarflagan.
Ma'lumot uchun, Patrik 2016 yilda Chexiya milliy jamoasida debyut qilgan. Bu vaqt davomida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol muallifiga aylangan va mamlakat futboli tarixidagi eng sermahsul hujumchilardan biri sifatida faoliyatini yakunladi.