«Manchester Yunayted» darvozabonlik pozitsiyasini 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi bilan kuchaytirishi mumkin.
The Sun nashri xabar berishicha, klubning qiziqishlari doirasiga Shotlandiya milliy jamoasining 30 yoshli asosiy darvozaboni Angus Gann tushib qolgan.
Qayd etilishicha, mankunianliklar darvozabonlar Andre Onana va Altay Bayindirni sotish rejalari fonida tajribali darvozabon izlamoqda.
Gann «Nottinghem Forest»ni erkin agent maqomida tark etgan, ammo Shotlandiya milliy jamoasining jahon chempionatidagi barcha uchta o‘yinida: Haiti, Marokash va Braziliyaga qarshi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan.