Yaponiya milliy jamoasi himoyachisi Yuto Nagatomo beshta jahon chempionatida ishtirok etgan Osiyodan birinchi futbolchi bo'ldi.
39 yoshli futbolchi Shvetsiyaga qarshi o'yinda 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishdi.
Ma'lumot uchun, Yaponiya milliy jamoasi F guruhi turnir jadvalida 5 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egalladi va pley-offga yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, turnirning finali 19 iyul kuniga belgilangan. Argentina milliy jamoasi amaldagi chempion hisoblanadi.