Bugun
9
O'zbek

Gyuler — Turkiya milliy jamoasi tarixida JChda gol urg‘an eng yosh futbolchi

Futbol
25 iyun, 23:43
Arda AQSh darvozasini ishg‘ol qilib, Emrega Belezog‘luga tegishli rekordni yangiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Gyuler — Turkiya milliy jamoasi tarixida JChda gol urg‘an eng yosh futbolchi
Фото: Getty Images
25.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Turkiya Turkiya 3 : 2 AQSH AQSH

Turkiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Arda Gyuler jahon chempionati 3-turida AQSh darvozasini ishg‘ol qildi.

Arda bellashuvning 10-daqiqasida gol urib, hisobni tenglashtirdi. Opta portalining xabariga ko‘ra, u milliy jamoa safida jahon chempionatlarida gol urg‘an eng yosh futbolchiga aylandi.

Arda bu borada JCh-2002 musobaqasida Kosta-Rika darvozasini 21 yosh-u 275 kunligida ishg‘ol etgan Emre Belozo‘g‘lining rekordini yangiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya avvalgi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • AQSH AQSH
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar