Bugun
6
O'zbek

Angulo Ekvador — Germaniya bahsining eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi

Futbol
25 iyun, 18:35
«Sanderlend» aʼzosi nemislar bilan oʻyinda hisobni tenglashtirgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Angulo Ekvador — Germaniya bahsining eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi
Foto: Getty Images
25.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ekvador Ekvador 2 : 1 Germaniya Germaniya

Ekvador va Germaniya oʻrtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb Nilson Angulo topildi.

Lotin Amerikasi jamoasi Jahon chempionati 3-turida Germaniya (2:1) ustidan irodali gʻalabaga erishib, eng yaxshi 3-oʻrin egalari qatorida pley-offga yoʻllanma oldi.

23 yoshli Angulo gollardan biriga mualliflik qildi. Aynan u 9-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Hujumkor futbolchi «Sanderlend»da oʻynaydi. APL klubi uni qishda «Anderlext»dan 17,3 million yevroga sotib olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ekvador Ekvador
  • Germaniya Germaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar