Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yozua Kimmix JCH-2026 3-turidan o'rin olgan Ekvador (1:2) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Yaxshi boshladik, lekin keyin juda osonlik bilan to'pni yo'qotdik va doimiy ravishda raqibga oldinga borishga imkon berdik.
Afsuski, o'zimiz ularning vazifasini osonlashtirdik va o'yinga kirishiga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda mag'lubiyatimiz munosib edi», — deya Kimmixning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Ma'lumot uchun, E guruhining uch turidan so'ng Germaniya milliy jamoasi olti ochko jamg'arib, birinchi o'rinni egalladi. Ekvador esa 4 ochko bilan guruhda 3-o'rinni egallab, pley-offga yo'llanma oldi.