2026 yildagi jahon chempionatida allaqachon 12 ta avtogol sodir bo'ldi. Bu 2018 yildagi turnirda o'rnatilgan jahon chempionatlaridagi rekord yana takrorlandi. Bu haqda Squawka X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Ma'lumot uchun, Qatardagi 2022 yildagi avvalgi jahon chempionatida atigi ikkita avtogol qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan ushbu turnirda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi 5 ta gol bilan to'puparlar ro'yxatini boshqarmoqda.
Turnirning final bellashuvi 19 iyul kuniga belgilangan. Argentina esa amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.