Birinchi liganing yetakchi jamoalaridan biri "Guliston" 29 iyundan tayyorgarlikni boshlaydi.
Yig'in davomida jamoa bir qator o'rtoqlik bellashuvlarida maydonga tushadi. Xususan, 26 iyul kuni jamoa Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o'ynaydi. 4 iyul kuni "Metallurg" bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, "Kattaqo'rg'on" va "G'azalkent" jamoalari ham jamoaning nazorat bahsidagi jamoalar ro'yxatidan o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, gulistonliklar "Markaz" mintaqasida 9 ta o'yinda 9 ta g'alaba qozonib, peshqadamlik qilmoqda.