Live
2
O'zbek

«JCh darajasini his qilyapmiz» — Odil Hamrobekov Kongo DR bilan o‘yin va pley-off imkoniyati haqida

Futbol
26 iyun, 14:10
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«JCh darajasini his qilyapmiz» — Odil Hamrobekov Kongo DR bilan o‘yin va pley-off imkoniyati haqida
Foto: UFA
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov 2026 yildagi Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Kongo DR bilan o‘yin oldidan O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

«Dunyoning eng yaxshi futbolchilariga qarshi o‘ynash nasib qildi. Ko‘p tajriba oldik, deb o‘ylayman. Jahon chempionati darajasini birinchi marta his qilib turibmiz. Juda iliq taassurotlar qoldirmoqda. Faqat natijalar o‘zimizni ham, muxlislarni ham qoniqtirmayapti. Ammo bu mundial kelajakda Osiyo chempionati va boshqa xalqaro turnirlarida ishtirokimiz uchun maktab bo‘lyapti. Ayniqsa, bu biz bilan kelgan yosh ukalarimiz uchun foydali.

Pley-off imkoniyati? Bizning o‘yinimizgacha ko‘p narsa oydinlashadi. Jamoa bilan kichik imkoniyatdan ham maksimal foydalanishga harakat qilamiz va, albatta, keyingi bosqichga chiqa olsak, xalqimiz uchun katta xursandchilik bo‘ladi. Guruhdan chiqib, yaxshi xotiralar qoldirishni xohlaymiz.

Kongo DR bilan o‘yin? Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Ruhan va jismonan tayyor bo‘lgan jamoa o‘z maqsadiga erishadi, deb o‘ylayman. Borimizni beramiz. Bu bahsga faoliyatimizdagi oxirgi o‘yin kabi yondashishimiz kerak. Umid qilamanki, natija biz xohlagandek bo‘ladi.

Jahon chempionati orqali yurtimizni yanada yaxshi tanishmoqda. Bundan faxrlanyapman»,
— deydi 30 yoshli yarimhimoyachi.

O‘zbekiston — Kongo DR bahsi Toshkent vaqti bilan 28 iyun kuni soat 04:30da boshlanadi. Afrikaliklarda 1 ochko bor, Fabio Kannavaro jamoasida esa ochko yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar