Bugun
9
O'zbek

Desabr: "O'zbekistonga qarshi bahsda ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi"

Futbol
26 iyun, 01:14
Kongo DR – O'zbekiston o'yini 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30da start oladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Desabr: "O'zbekistonga qarshi bahsda ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi"
Фото: Getty Images
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Kongo DR milliy jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Desabr O'zbekistonga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.

"O'zbekistonga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Chunki ular yaxshi himoyalanadi. Shunga qaramay, biz bor kuchimizni sarflaymiz. O'yinga qadar kuch to'plashimiz kerak. Shuni aytishim mumkinki, O'zbekistonga qarshi bahsda tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi. Chunki durang bizni qanoatlantirmaydi.

Dastlabki ikki o'yinga qaraganda ko'proq tavakkal qilishimiz lozim. Kolumbiyaga yutqazganimiz alamli. Durang qayd etganimizda hammasi yaxshi bo'lardi. Ammo raqib jamoaning kuchli ekanligini unutmaslik kerak. Bu bahsdagi xatolardan to'g'ri xulosa qilishimiz kerak", — deya Desabrning so'zlaridan keltiradi geosuper.TV nashri.

Eslatib o'tamiz, Kongo DR – O'zbekiston o'yini 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar