Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Tunisga (3:1) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz kvartetda birinchi o'rinni egalladik, men bu natijadan qoniqdim. Ammo o'yin davomida jamoaning biroz sust harakat qilgani menga yoqmadi. Ehtimol, 7 daqiqa ichida 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimiz futbolchilarga ta'sir qildi.
Bunday munosabat Marokashga qarshi o'yinda muammoga aylanishi mumkin. Bu juda yaxshi hujum chizig'iga ega jamoa, — deya Kumaning so'zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya o'z guruhida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.